So'nggi yangiliklar

2024- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushlarini Qorovulbozor 45,1 % ulush bilan 435,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yil yanvar- sentabr oylarida mobil/uyali telefonlardan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 99,3 % ni tashkil etgan.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 721,4 mlrd so;mni tashkil etdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 901 ta bo‘lib, 4 244 tasi qo‘shma va 10 657 tasi xorijiy korxonalardir.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 7 185 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bugun, 27- oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning 23- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Transchegaraviy elektron tijorat va raqamli savdo statistikasidan foydalanish va o‘lchash” mavzusi bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. 

2024- yil yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 81,5 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35 % ini tashkil etgan.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 11 565,9 ming so'mni tashkil qildi.

Joriy yilning 24- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 15–18- oktabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida “Transchegaraviy elektron tijorat va raqamli savdo statistikasi” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. 

2024- yilning 1- oktabr holatiga jami 300 816 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

2024- yilning yanvar–sentabr oylarida respublikamizdagi jami yirik korxonalar tomonidan 7,2 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 25-oktabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida 27-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining mohiyati va ahamiyatini atroflicha tushuntirish maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi va mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatimizning barcha rududlarida targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 23- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish jarayonlarini namunaviy modeli” (GSBPM – The generic Statistical Business Process Model) milliy modelini amaliyotga joriy etish doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 23- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligining “O‘zbekiston Respublikasida energiya tejashni oshirish” loyihasi ustida ishlayotgan missiyasi tashrif buyurdi.  

2024- yil yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 336,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.