So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 072,1 ming tonna meva yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 44,2 % ni tashkil etgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 880 tani tashkil etgan.

2024- yil 12-avgustdan  19-avgust  kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

Joriy yilning 9-avgust kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasi Tuman va Shahar boʻlimlari, xodimlari uchun Sanoat va energetika statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1-avgust holatiga viloyatimizda (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) jami 3 291 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu o'tgan yilning mos davriga qaraganda 419 taga kam.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 10,7 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024- yil yanvar-iyul oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni 3291 ta tashkil etdi.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro viloyati bo'yicha 2024-yilning 1-avgust holatiga sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  73 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2024-yilning 08-avgust kuni, Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh. Yusupov va bo'lim boshlig'i H. Fattoyev bilan Buxoro tumanidagi “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 19 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3 400,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida, Oʻzbekistonda jami fuqarolik obyektlarini qurish boʻyicha qurilish ishlari 21,1 % ulushni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlar ulushi 79,4 % bilan ustunlik qilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasida 1 557  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Maʼrifat soatini boshqarma boshligʻi U.O.Djumanazarov  kirish soʻzi bilan ochib berdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 9 ming nafar Buyuk Britaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelishgan.