02/03/2026

2026- yil 1- fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 776 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 128 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 648 tani tashkil qildi.

 2026- yilning yanvar oyida viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 1 658,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning yanvar oyiga nisbatan 107,5 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 151,3 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 90,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 1 507,4 mlrd. so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,6 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 271,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 115,1 %) tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech