06/03/2026

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Buxoro viloyati statistika boshqarmasida ayol xodimlarni e’zozlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig'i U. Djumanazarov tomonidan tizimda faoliyat yuritib kelayotgan xodimalarning fidoyilik bilan olib borayotgan mehnati, kasbiy mas’uliyati hamda boshqarma faoliyati rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Samimiy tabrik so‘zlari, ezgu tilaklar va iliq munosabatlar bayram muhitiga yanada fayz va quvonch bag‘ishladi.

Shuningdek, xodimalarning samarali mehnati, fidoyiligi hamda jamoa hayotidagi faol ishtiroki e’tirof etish maqsadida, esdalik sovg'alari topshirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech