Idoraviy komissiya tarkibi |
|---|
| Yusupov Sh.U. | Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - komissiya raisi |
| Kamolov K.R. | Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari- komissiya raisi o‘rinbosari |
| Komissiya a’zolari: | |
| Shodiyev O`. | Boshqarma yurist konsulti |
| Islomov I. | Statistik faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi boshlig‘i |
| Pulotov A. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i |
| Muhammadiyev B. | Raqamlashtirish va ma'lumotlarni saqlash markazi bo'limi boshlig‘i |
| Obidov S. | Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i |
| Yarashova N. | Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo'limi boshlig‘i |
Idoraviy komissiyaning asosiy vazifalari |
|---|
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan ma`sulyatini kuchaytirishga, tizimda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha zarur choralar ko`rish;
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari bo`yicha ko`rsatmalar berib boorish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- viloyat statistika organlari faoliyatida korruptsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotlan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
|
Me`yoriy-huquqiy baza
|
|---|
|
Namunaviy hujjatlar ro'yxati
|
|---|
|
Kompleks chora-tadbirlar rejasi
|
|---|
|
Hisobotlar
|
|---|
|
Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida jamoatchilik oldida hisobdorlik
tizimining joriy etilganligi
|
|---|
|
Yangiliklar
|
|---|
Qonunchilikdagi yangiliklarga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi
NASHR ETILGAN: 29/06/2026
Joriy yilning 29-iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho'basi boshlig'i B.Rahmonov hamda boshqarma bosh yuristkonsulti Oʻ.Shodiyev hamkorligida xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-228-son qarori, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” toʻgʻrisidagi 419-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni va 2026-yil 22-iyun kunidagi “Oʻzbekiston Republikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish” toʻgʻrisidagi 1155-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari haqida tushuncha va ko'nikmalarga ega bo'lishdi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy faoliyatda uchraydigan turli holatlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo’lim boshlig'i D.Jurayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazilib, davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, unda aks etgan ramzlarning mazmun-mohiyati, uning mustaqilligimiz, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat timsoli ekani alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat ramzlariga hurmat ruhini mustahkamlash hamda xizmat faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 18/06/2026
Joriy yilning 18-aprel kuni boshqarma bosh yuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati, qonun 7 bob 44 moddadan iboratligini Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishi tushuntirildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-27-sonli Farmonining mazmun mohiyati toʻgʻrisida tushintirishlar talabalarga yetkazildi.
Undan tashqari oliygoh talabalariga Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘i D.Jurayeva Uy xo‘jaligi kuzatuvlarini o‘tkazish metodikasi, Kambag‘allik statistikasi, Minimal iste’mol xarajatlari kabi tushunchalarga ta’rif berib ish jarayoni haqida suhbatlashdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib yanada yangi bilimlarga ega bo‘ldilar.
Tugmani bosing Tinglash GSpeech



