2026-yil 15-yanvardan boshlangan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichi yakunlandi. Endilikda jarayonning ikkinchi bosqichi doirasida ro‘yxatga oluvchilar mahallalarda uyma-uy yurib, so‘rovnomalarni to‘ldirishmoqda. Shahrimizdagi barcha mahallalarda ushbu muhim davlat tadbiri uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Har bir xonadon qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatga olish — bu shunchaki statistik jarayon emas. U hududni rivojlantirish, ijtimoiy sohalarni takomillashtirish va kelgusidagi rejalashtirish ishlari uchun muhim manba hisoblanadi.
Aziz fuqarolar! Ro‘yxatga oluvchi xodimlarga aniq va to‘liq ma’lumot taqdim eting. Sizning ishtirokingizumumiy taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyatga ega. 





