Yoshlar siyosatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
Yoshlarga oid yangiliklar

Davlat statistika qo‘mitasi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

NASHR ETILGAN: 01/03/2021

2021- yil 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

Ochiq muloqot yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita Raisi tomonidan atroflicha javob berildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan onlayn muloqot tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 18/02/2021

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ning 2- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida videoseminar o'tkazildi.

Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati va istiqbollari, ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirish va chop etishning o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirishda tarmoqlar va hududlarning o'rni haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan muntazam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech