03/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.

Tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 59,2 foizi aloqa xizmatlari, 22,9 foizi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar, 10,3 foizi ma’lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar, Web-portallar, 3,9 foizi kompyuterlar va aloqa uskunalarini ta’mirlash xizmatlari, qolgan 3,7 foizi dasturiy ta’minotni chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech