Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida 39 599 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
sayohat — 37 207 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash — 2 177 nafar;
davolanish — 193 nafar;
xizmat — 13 nafar;
o‘qish — 9 nafar.




