Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning import hajmi 29,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,8 % ga o‘sgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston 160 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.
2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar:
— Xitoy — 9,6 mlrd AQSH dollari;
— Rossiya — 5,3 mlrd AQSH dollari;
— Qozog‘iston — 2,4 mlrd AQSH dollari;
— Turkiya — 1 049,6 mln AQSH dollari;
— Koreya Respublikasi — 1 037,0 mln AQSH dollari;
— Turkmaniston — 657,5 mln AQSH dollari;
— Germaniya — 640,0 mln AQSH dollari;
— Hindiston — 607,4 mln AQSH dollari;
— Belarus — 508,6 mln AQSH dollari;
— BAA — 507,9 mln AQSH dollari.




