Buxoro viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 15-sentabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Farmonning mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda ularni amaliyotga samarali tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasi va ushbu strategiya doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar tizim xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Boshqarmaning tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari masofaviy aloqa tizimi — Zoom platformasi orqali seminarda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Seminar davomida Milliy statistika qo‘mitasi Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Z. Yuldoshev hamda boshqarma rahbariyati tomonidan milliy strategiya va mamlakatimiz hududida 15-oktabrdan 30-noyabrgacha o‘tkazilishi belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiri yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, belgilangan topshiriqlar ijrosini tizimli ravishda nazorat qilib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda dolzarb takliflar muhokama uchun qabul qilindi.










