19/09/2026

Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini sifatli va samarali tashkil etishga bag‘ishlangan o'quv-seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida biznesni ro‘yxatga olish tadbirining maqsad va vazifalari, o‘tkazish tartibi hamda savolnomalarni to‘ldirish yuzasidan tushuntirishlar berilib, ro‘yxatga olish jarayonida xodimlarning vazifalari, tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot qilish va jarayonni belgilangan tartibda tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

“Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiri hududdagi tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech