2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 40 483,1 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 28 582,0 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 70,6 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 7 233,9 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 17,9 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 4 667,2 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 11,5 % ni tashkil etdi.