Bugun, 02- may kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Statistika agentligi “Investitsiya va qurilish statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i M.Jomolov, Buxoro viloyati statistika boshqarmasi birinchi o’rinbosari Sh.Yusupov, Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i o’rinbosari A.Kilichev, Buxoro tumani statistika bo’limi yetakchi mutaxasisi S.Ro’ziyeva hamda hududiy kadastr bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir. O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.
Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M.Jomolov tomonidan hududlarda kuzatuvlarni o‘tkazuvchi xodimlarga ishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.