30/04/2023

Bugun yurtimizda xalqimiz va jamiyat hayotida muhim oʻrin tutadigan, ertangi yorugʻ kelajakni taʼminlaydigan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha REFERENDUM oʻtkazildi.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ham barcha yurtdoshlarimiz kabi ushbu siyosiy tadbir – referendumda faol ishtirok etib, oʻz fuqarolik burchini chuqur anglab, siyosiy yetukligini namoyon etishdi.

Taʼkidlash lozimki, referendum asosida yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizning farovon yashashiga xizmat qiladi. Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgarishlar har bir insonning emin-erkin hayot kechirishi va faoliyat yuritishi uchun asosiy dasturilamal boʻladi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech