28/04/2023

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida 2023- yil 28- aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, Agentlikning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti raisi Z.Talipova va Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tizimida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ishtirokida “Xotin-qizlar masalalari” bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlar kengashi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida boshqarmaning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti ayollar maslahat-kengashi raisi R.Usmanova tomonidan hisobot berildi. Z.Talipova tomonidan boshqarmadagi xotin-qizlarning muammolari, ularni qiziqtiradigan masalalar bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi, hamda kelajakda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech