18/01/2023

Respublikamizda 2022- yilda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 90 177 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 34 384 ta

sanoat sohasida – 16 191 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 12 018 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 5 812 ta

qurilish sohasida – 4 795 ta

tashish va saqlash sohasida – 3 355 ta

axborot va aloqa sohasida – 2 617 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 498 ta

boshqa sohalarda – 9 507 tani tashkil etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech