2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 5,8 % ga o‘sdi. YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,9 f.p., sanoat tarmog‘i – 1,4 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 2,8 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,3 f.p.ga ko‘paydi.