16/11/2022

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 903,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 192 ming tonnaga oshgan.

2022- yilning 10 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

meva va rezavorlar – 297 ming tonna

quritilgan meva va rezavorlar – 35,7 ming tonna

sabzavotlar – 733 ming tonna

piyoz – 185,4 ming tonna

karam – 135,2 ming tonna

pomidor – 65,8 ming tonna

uzum – 181 ming tonna

mayiz – 64,4 ming tonna

yeryongʻoq – 15,6 ming tonna

tarvuz-qovun – 134,3 ming tonna

Tugmani bosing Tinglash GSpeech