2021- yil yanvar-dekabr oylarida hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – 57,6 % yoki 4543,3 mlrd. so‘m. Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Jizzax viloyatida kuzatilib, 25,2 % ni yoki 3328,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Namangan viloyatida mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 71,3 % yoki 9429,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Matbuot xizmati