Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida 5 054,8 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan koʻmir ishlab chiqarish hajmi 923,0 ming tonnaga oshgan yoki oʻsish surʼati 122,3 foizni tashkil etgan.
Maʼlumot oʻrnida koʻmir ishlab chiqarish 2021-yilning:
- yanvar oyida 287,7 ming tonna (oʻsish surʼati 74,7 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 601,5 ming tonna (86,3 foiz);
- yanvar-mart oylarida 985,0 ming tonna (93,7 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 1 444,5 ming tonna (118,9 foiz);
- yanvar-may oylarida 1 854,0 ming tonna (135,7 foiz) ;
- yanvar-iyun oylarida 2 291,7 ming tonna (151,8 foiz);
- yanvar-iyul oylarida 2 737,5 ming tonna (159,1 foiz);
- yanvar-avgust oylarida 3 184,4 ming tonna (146,2 foiz);
- yanvar-sentabr oylarida 3 644,2 ming tonna (138,3 foiz);
- yanvar-oktabr oylarida 4 156,0 ming tonna (132,6 foiz);
- yanvar-noyabr oylarida 4 639,1 ming tonna (125,0 foiz)ni tashkil etgan.
Matbuot xizmati