24/08/2021

2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 2020- yilning mos davriga nisbatan 40,3 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 4 629,3 ming boshga yetdi.

Respublikadagi jami qo‘y va echkilarning 81,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 13,0 % i fermer xo‘jaliklari, 5,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2020- yilning mos davriga nisbatan, fermer xo‘jaliklarida 5,3 % va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,1 % hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 4,9% o‘sish  kuzatildi.

Hududlar o‘rtasida qo‘y va echkilar umumiy bosh sonining eng katta ulushi Qashqadaryo viloyatiga (20,8 %) to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yuqori ulush Surxondaryo (10,9 %), Samarqand (10,7 %) va Navoiy (10,4 %) viloyatlarida qayd etildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech