2021- yil 24- iyun kuni MDH statistika qo‘mitasi raisi Vladimir Leonidovich Sokolin ishtirokida hududiy statistika idoralari rahbarlari va xodimlari uchun videokonferensaloqa orqali seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xodimlari hamda hududiy statistika boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari va xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida viloyatlardagi mavjud barcha shahar va tuman xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, ko’p qavatli uylar va hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma'lumotlarini elektron bazaga kiritish va yakuniy ma'lumotlarni shakllantirish uchun yaratilayotgan dasturni ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib va kerakli maslahatlar berildi.
Tadbir so‘nggida viloyatlarda 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Matbuot xizmati