Buxoro viloyati statistika boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, milliy qadriyatlari va buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etgan ulug‘ ne’matdir. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va taraqqiyot ishlari Vatanimizning yanada ravnaq topishiga xizmat qilmoqda.
Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, farovon hayot, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning birdamligi va totuvligi bardavom bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonimizning istiqloli abadiy bo‘lsin!




