O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda statistika tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar ishtirok etib, istiqlol yillarida mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z mehnati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan jamoa vakillari bir davra atrofida jam bo‘ldilar. Shuningdek, uzoq yillardan buyon statistika tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat va fidoyilik bilan yondashayotgan xodim va xodimalar munosib taqdirlandilar. Samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan ushbu tadbir jamoa a’zolarini yanada birlashtirib, kelgusidagi faoliyatimizda yangi kuch, ishonch va yuqori natijalarga erishish uchun ijobiy ruh bag‘ishlashi shubhasiz.
Fursatdan foydalanib, ushbu ezgu tashabbusni ilgari surgan va tizim xodimlarini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Milliy statistika qo‘mitasiga alohida minnatdorlik va tashakkurimizni bildiramiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!














