Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonga 11 ta davlatdan qiymati 34 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 421 918 tonna kartoshka import qilingan.
Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 46,9 ming tonnaga kamaygan.
Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp kartoshka yetkazib bergan davlatlar:
Qozogʻiston — 337,9 ming tonna;
Pokiston — 33,8 ming tonna;
Qirgʻiz R. — 14,8 ming tonna;
Afgʻoniston — 13,5 ming tonna;
Niderlandiya — 9,7 ming tonna;
Boshqa davlatlar — 12,2 ming tonna.




