30/04/2026

Respublikamiz hududida oʻtkazilgan “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish” jarayonlarida faollik koʻrsatgan bir qator xodimlar joriy yilning 30-aprel kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi U. Djumanazarov tomonidan eʼtirof etildi.

Boshqarma boshligʻi tomonidan xodimlarning kasbga boʻlgan masʼuliyati, roʻyxatga olish jarayonlarida koʻrsatgan jonbozliklari, jamoaviy ishlash salohiyati va tashabbuskorligi alohida taʼkidlandi. Tadbir soʻngida xodimlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech