Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025- yilning yanvar-noyabr oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2 340,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024- yilning mos davriga nisbatan 133,9 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 2,2 % ga ko‘payib, 14,4 % ni tashkil etdi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 47,0 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024- yilning mos davriga nisbatan 113,4 % ni tashkil etgan holda 7 674,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 38,6 % ni yoki 6 298,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 107,1 % ni tashkil etdi.
Buxoro viloyatida jami qurilish ishlari hajmining korxonalar turlari bo‘yicha taqsimoti va o‘sish sur’ati
29/12/2025



