Joriy yilning 9-dekabr sanasida Buxoro viloyati Statistika boshqarmasida boshqarma bosh yuristkonsulti Oʻ.Shodiyev hamda Buxoro viloyati IIB Tezkor Qidiruv Xizmati JQB Korrupsiya va Iqtisodiy Jinoyatlarga Qarshi kurash Boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakil Sh.Shamsiyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-228-son qarori shuningdek, 2017-yil 3-yanvar kunidagi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli qarorlari mazmun mohiyati toʻgʻrisida targ'ibot seminari tashkil qilindi.
Seminar davomida boshqarma xodimlariga korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar, korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va tegishli qonun va qarorlar yuzasidan qoʻshimacha tushintirishlar berib oʻtildi.



09/12/2025



