O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 5-dekabr sanasida Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Jazoni ijro etish departamentining 6-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlari uchun o'quv seminar tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olishning mazmun mohiyati so'rovnoma shakllari hamda ularni to'g'ri to'ldirish haqida to'liq ma'lumot berilib seminar yakunida xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.




05/12/2025



