04/12/2025

2025-yilning 1-oktabr holatiga Buxoro viloyatining doimiy aholisi soni 2 099,0 ming kishini tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,5 foizga koʻpaygan. 2025-yil yanvar-sentabr oylarida tugʻilganlar soni 32,6 ming nafarni, vafot etganlar 7,0 ming nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 25,6 ming kishiga teng boʻldi. Viloyatimizga xorijiy davlatlardan koʻchib kelganlar soni 10 kishini va viloyatimizdan xorijga koʻchib ketganlar soni 94 kishini, qayd etilgan nikohlar 9,8 mingtani, nikohdan ajralishlar 1,8 mingtani tashkil etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech