14/04/2025

      Joriy yilning 14- aprel kuni  Jondor tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Rajabov tomonidan Jondor tuman 33-umumta'lim maktabi o'qituvchilari uchun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

      Seminar jarayonida ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Milliy statistika qo'mitasi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi. 

      Seminar so'ngida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech