09/04/2025

      Joriy yilning 8- aprel kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlar ishtirokida ikki muhim hujjat mazmun-mohiyati keng muhokama qilindi.      Boshqarma boshlig'i U Djumanazarov Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi OʻRQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunining asosiy tamoyillari, maqsad va vazifalari, shuningdek, ushbu qonunning davlat idoralarida korrupsiyaning oldini olishdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil tushuncha berdi. Xususan, qonun asosida tashkilotlarda halollik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, xodimlarning korrupsiyaviy xavflarga qarshi immunitetini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

      Tadbirning ikkinchi qismida esa Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Oliy sudining 2021-yil 29-sentabrdagi 59-qq/11-60-21-sonli qarori – ya’ni maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni axborot tizimlari integratsiyasi orqali elektron shakllantirish, koʻrib chiqish va hisobini yuritish tartibi yana bir bor takroran o‘rganildi. Mazkur qaror asosida davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvi samaradorligini oshirish, ish yuritish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, inson omili aralashuvini kamaytirish orqali huquqiy jarayonlarda adolat va tezkorlikni ta’minlash masalalari alohida e’tiborga olindi.

      Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi. Bunday tadbirlar xodimlar huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech