O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 7- fevral kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida tennis musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Yusupov va boshqarma xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbir sportning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi ahamiyatini yanada kuchaytirish, jamoaning jismoniy faolligini oshirish va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etish barobarida, sport orqali sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishga hissa qo‘shdilar. Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildirildi.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi bundan keyin ham payshanba kunlari sport tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etishni davom ettiradi. Ushbu tashabbus sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.