06/02/2025

     2025-yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

7

     Ma’lumot uchun: Ma’lumot uchun: ESKATO 2030-yil ma’lumotlar o‘n yilligi - Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi milliy statistika boshqarmalarining institutsional salohiyatini mustahkamlash tashabbusi doirasida Statistika agentligiga texnik yordam ko‘rsatmoqda. Ushbu tashabbus 2030-yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish kun tartibini qo‘llab-quvvatlash uchun rasmiy statistikada innovatsion, yangi va katta hajmdagi ma’lumotlar manbalaridan foydalanishga qaratilgan. ESKATO O‘zbekistonni Narxlar statistikasi uchun muqobil ma’lumotlar manbalari loyihasini amalga oshirish uchun ustuvor mamlakat sifatida tanladi.

7

     Loyiha doirasida ESKATO ekspertlari tomonidan Soliq qo‘mitasining EPOS va veb-ma’lumotlarini INI tuzish jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha uslubiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, ushbu integratsiyani samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar arxitekturasi va qayta ishlash talablarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yordam ko‘rsatilmoqda. Uchrashuvda ESKATOning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha Statistika bo‘limi katta iqtisodchisi Richard Tonkin, katta ma’lumotlar bo‘yicha ekspertlar Erik Diben va Sergey Gusev hamda  agentlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.

7

     Ushbu uchrashuv “Narxlar statistikasi uchun muqobil ma’lumotlar manbalari” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakat rejasi va keyingi qadamlarni belgilash maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida loyiha doirasida mavjud statistik ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish, narxlar statistikasi, ma’lumotlar infratuzilmasini to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatish jarayonlari, rasmiy statistikani tuzishda geofazoviy ma’lumotlardan foydalanish tajribasi hamda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

7j1a8571bnbnm_p15902

     Tomonlar kelgusida maslahatlashuv va uchrashuvlarni bunday formatda muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib oldilar.

7j1a8578hjbnbn_p75055

Tugmani bosing Tinglash GSpeech