2024- yilning yanvar-iyul oylarida Buxoro viloyatida jami 6 608,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 70 %i yoki 4 629,3 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.