13/08/2024

       2024-yilning yanvar-iyun oylarida 91,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

       Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,1 ming nafarga yoki 21,2 % ga oshgan.

       Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Turkiyaga turistik maqsadlarda ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

       dam olish – 70 716 nafar;

       qarindoshlarni yoʻqlash – 17 528 nafar;

       davolanish – 1 614 nafar;

       oʻqish – 1 020 nafar;

       xizmat yuzasidan – 893 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech