03/07/2024

2024-yil 2-aprel kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida manfaatlaг to'qnashuvi va korrupsiya holatlari bo'yicha yig'ilish tadbiri o'tkazildi. Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ. Shodiyev “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli qonunida belgilangan talablar va amalga oshirilishi lozim bulgan ishlar haqida yigʻilish qatnashchilariga tushunchalar berib korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;


manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir koʻrsatayotgan yoxud ta'sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlar toʻgʻrisida tushintirib oʻtdi.

Shuningdek Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiev 2024 yil 5 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan «Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida»gi OʻRQ 931-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Manfaatlar toʻqnashuvi hollarini tartibga solish uchun ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi choralardan biri koʻrilishi kerak:
-Oʻziga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan rahbarning bevosita boʻysunuvidagi davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelmaydigan boshqa rahbarning boʻysunuviga oʻtkazish;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kollegial organ tarkibidan ixtiyoriy ravishda oʻzini oʻzi rad etishi orqali yoki majburan chetlashtirish;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining lavozim majburiyatlari yoki xizmat vakolatlari doirasini qayta koʻrib chiqish;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining davlat organining yoki boshqa tashkilotning manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan axborotidan va hujjatlaridan foydalanishiga cheklovlar belgilash;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yakka tartibda qarorlar qabul qilishga doir vakolatlarini qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi ustidan kollegial nazoratni ta'minlash;
davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga oʻzidagi shaxsiy manfaatdorlikni qonunchilikka muvofiq bartaraf etishi toʻgʻrisida takliflar taqdim etish;
xodim tomonidan oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organining yoki boshqa tashkilotning manfaatlariga zid boʻlgan shaxsiy manfaatdorligidan voz kechishi;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining shaxsiy manfaatdorligini bartaraf etish choralarini koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, xodimning roziligi asosida uni avvalgi lavozimiga teng boshqa lavozimga oʻtkazish yoki mehnat shartnomasini (kontraktni) umumiy asoslarda bekor qilish.
Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha choralar davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining roziligi bilan koʻrilishi kerak. Xodimlar tomonidan mazkur qonunlar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi. Xulosa oʻrnida qonun ustuvorligini ta'minlash boʻyicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech