2024- yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 176,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 106,9 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 109,9 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Buxoro viloyatining qo‘shgan hissasi 4,2 % ga yetdi.