21/05/2024

2024-yilning yanvar-mart oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 30,2 trln soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7,2 % ga oshgan.

 Koʻrsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 23,7 % darajasida qayd etildi.

Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (5,7 trln soʻm), Toshkent (2 trln soʻm), Samarqand (1,9 trln soʻm), Fargʻona (1,4 trln soʻm) hamda Andijon (1,2 trln soʻm) viloyatlarida qayd etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech