2023-yil yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 245,2 trln. soʻmni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 4,1 % ga oʻsdi.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining YAIM oʻsishiga qoʻshgan hissasi 1,0 f.p.ni tashkil etdi.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining YAIMidagi ulushi 24,3 % ga yetdi.