So'nggi yangiliklar

2023- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar hajmi 109 339,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i yashirin iqtisodiyotida 8 053,4 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Joriy yilning 26-sentabr kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida boshqarma boʻlim boshliqlari hamda  Jondor tumani umumtaʼlim maktablarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida huquqiy targʻibot yigʻilishi o'tkazildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining umumta’lim muassasalari, vazirlik va idoralar tizimidagi umumta’lim muassasalar, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar litsenziya asosida umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar, 2024- yil 30- oktabrdan kechiktirmay  1–umumta’lim shakli (yillik) “Umumta’lim muassasasining 2024/2025 o‘quv yili boshiga”
statistika hisobotini, avtomatlashtirilgan axborot tizimi – eStat 4.0 orqali elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.

2024- yilning 1- sentabr holatiga, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 612  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning 1- sentabr holatiga faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) 26 300 ta bo'lib, shundan xususiy korxonalar soni 2 541 tani (9,7 foiz) tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 156,7 trln soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 109,2 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):

2024- yilning 1- sentabr holatiga ko'ra, viloyatimizda chet el investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning soni 341 tani, shundan qo'shma korxonalar 140 ta va xorijiy korxonalar 201  tani tashkil etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 2 838,4 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 961,5 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 23 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 18,2 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 25-sentabr kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida boshqarma boʻlim boshliqlari hamda  Vobkent tumani umumtaʼlim maktablarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida huquqiy targʻibot yigʻilishi o'tkazildi.

Odamlar hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi III ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Bu islohotdan ko‘zlangan maqsad soliq to‘lovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo‘lgan.

Respublikamizda 2024- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, 70 576 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 16 ta davlatga qiymati 70,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 32,2 ming tonna gilos eksport qilgan.