Joriy yilning 14-avgust kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U. Djumanazarov va Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi intervyuyeri D. Astanova Kogon tumani “Sarayon” MFYda uy xo‘jaliklari kuzatuvlari olib borilayotgan xonadonlarda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishdi.
Kuzatuv davomida xonadon egalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tanlanma kuzatuvlarning maqsadi, vazifalari va ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, kuzatuv natijalari aholi turmush darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish va farovonlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi.