So'nggi yangiliklar

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda jami 4 243 ta oilaviy korxonalar ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ulardan 2 961 tasi faoliyat yuritmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami qurilish ishlarining 69,6 % i yoki 76 trln soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 281,5 ming tonna ohaktosh qazib olingan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 99 trln so‘mni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, 300 816 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 14,5 trln soʻmni tashkil etgan.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 20 967,5 mlrd so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 93,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qilingan.

YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 11,4 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yil yanvar-avgust oylarida jami xizmatlar hajmi 14 315,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 131,3 tonna yotoqxona uchun choyshab ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- sentabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 562 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Malayziya davlatining qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha tajribasini oʻrganish maqsadida, 2024-yilning 24-26- sentabr kunlari ushbu mamlakatning Putrajaya, Seremban va Malakka shaharlarida oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 113,8 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 62,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 64,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan.

Buxoro viloyati jahonning 70 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 19,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.