So'nggi yangiliklar

2024-yil 1-aprel xolatiga ko'ra Rometan tumanida ro'xatga olingan yuridik shaxslar soni 3346 tani tashkil qilib, shundan 2802 tasi yoki 84.0 foizi faoliyat ko'rsatmoqda.

Buxoro viloyatida 2024-yil yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 4,173.7mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Joriy yilning 1-may holatiga 625 763 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz), oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich 7,7 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida jami yirik korxonalar tomonidan 699,1 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 48,7 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilish hisobidan 9,7 trln soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa 14,9 trln soʻmlik ishlar bajarildi.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim muassasalarida 11-sinfni bitirgan qiz bolalar soni 207 ming nafarni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 176,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 6 va undan ko‘p kishili uy xo‘jaliklari 38 % ni tashkil etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xoʻjaliklari tomonidan 1 825,9 ming tonna sut yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining yalpi qoʻshilgan qiymati hajmi 126 764,5 mlrd soʻmni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 6,8 % ga oʻsdi.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 2 204 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 2 279,8 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,8 barobarga oshgan.

 Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro viloyati bo'yicha 2024- yilning 1- may holatiga sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  36 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga jami investitsiyalarning 50,9 % yoʻnaltirildi.

Peshku tumanida 2024-yil 1-aprel holatiga ko'ra ro'xatga olingan yuridik shaxslar soni 2315 tani tashkil qilib, shundan 1748 ta yuridik shaxs faoliyat ko'rsatmoqda.

2024-yil 1-aprel holatiga ko'ra Romitan tumanidagi doimiy ro'xatda turib istiqomat qilayotgan aholi soni 151.7 ming kishini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 46,9 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 3,5 % ga oʻsgan.