2024-yilning 08-avgust kuni, Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh. Yusupov va bo'lim boshlig'i H. Fattoyev bilan Buxoro tumanidagi “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.