So'nggi yangiliklar

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda fermer xo‘jaliklari tomonidan 336 945 tonna sut sogʻib olingan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni ta’mirlash tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34 180,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 46 229 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida qiymati qariyb 1,8 mlrd AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 255 018 dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami qurilish ishlarining 68,8 % i yoki 64,8 trln soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

2024- yil 1- yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol shifokorlarning umumiy soni 49,6 ming nafarni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 3,8 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 28,9 % ini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 474 114 tonna sabzavot yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 1,3 trln soʻmga yetgan.

2023- yilning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 35,2 trln so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 25 210 taga yetgan.

Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2024- yilning yanvar-iyul oylarida viloyat korxonalari tomonidan 19 605,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 13 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,3 mln metr kvadrat  gilam eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 128,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 94,3 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.