28/11/2024

     Odamlar hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi III ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Bu islohotdan ko‘zlangan maqsad soliq to‘lovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda mazkur tartibot birmuncha takomillashgan. Aholini hisobga olish elementlari xo‘jaliklarning yozma kitoblar, kadastrlardagi tavsiflari bilan uyg‘unlashgan. Ularda odamlar yoki oilalar emas, balki uy-joy kabi soliqqa tortish birliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Aholi ro‘yxatida joylashgan va butun Finlyandiyani o‘z ichiga olgan axborot tarkibi o‘zining keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi. Axborot bazasi mamlakatning har bir fuqarosi haqidagi aniq va e’tiborga loyiq ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Fuqaro to‘g‘risidagi eng muhim ma’lumot uning ismi va familiyasi, tug‘ilgan joyi va sanasi hamda fuqaroligidir. Shuningdek, fuqaroning oilaviy ahvoli (turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ota-onasi) hamda yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumot ham muhimdir. Zamonaviy bosqich XX asrning o‘rtalaridan boshlandi. Osiyoning qator mamlakatlarida, shuningdek, Afrikada aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi. Bu yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi. O‘tgan asrning 70 yillarida Yaman, BAA, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda birinchi marotaba aholi ro‘yxatdan o‘tkazildi. XX asrning oxiriga kelib, aholini ro‘yxatga olish dunyoning deyarli barcha hududini qamrab oldi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech