2023-yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 3 704,9 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.
Shundan jami oʻzlashtirilgan investitsiyalardagi korxona va tashkilotlar mablagʻlari ulushi 16,8 %ni, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar 50,4 %ni va boshqa moliyalashtirish manbalari boʻyicha 21,2 %ni tashkil etdi.