Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 935,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mazkur soha tarkibida telekommunikatsiya xizmatlari eng katta ulushga ega bo‘lib, 67,0 %ni qayd etdi. Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida kompyuter dasturlashtirish xizmatlari ulushi 24,7 %ni, axborot xizmatlari 5,1 %ni, nashriyot xizmatlari 2,3 %ni hamda boshqa xizmatlar 0,9 %ni tashkil etdi.



